» » CHORRAHADA PIYODALAR YO‘LAGI YO‘Q. NEGA?

CHORRAHADA PIYODALAR YO‘LAGI YO‘Q. NEGA?

       Ikki mingga yaqin aholi yashaydigan 
Qozixona qishlog‘ining Xalqaro magistral yo‘l bilan kesishgan va qishloqning Yuqori va Past guzarlarini  bog‘laydigan serqatnov yo‘lda hanuzgacha piyodalar o‘tish yo‘lagi tashkil etilmaganligi  qishloq ahlini  tashvishga solmoqda. Vaholanki, bu muhim yo‘l qishloqni janubdan  Muborak hamda shimoldan Navbahor mahallalari bilan ham bog‘laydi. Chorrahada hech qanday belgi yo‘qligi uchun mashina egalari, ayniqsa,  Samarqanddan keladigan haydovchilar «beparvo» piyodalarni  so‘kib o‘tib ketishadi. Mutasaddilar ham shu joydan har kuni o‘tishlari aniq. Lekin, negadir piyodalar yo‘lagi haqida o‘ylab ko‘rishmayapti... Umidli dunyo, deganlaridek, ulardan amaliy choralar kutishga haqlimiz.
    Dono xalqimizning  «Ko‘za kunda emas, kunida sinadi» degan jaydari  o‘gitini unutmaylik!

https://t.me/qushchinor_uz

комментариев