
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va modernizatsiya ishlari har bir hudud qiyofasini tubdan o‘zgartirmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida barcha sohalarda bo‘lgani kabi, tuman markazlarining infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga munosib yashash va dam olish sharoitlarini yaratish borasida ham izchil ishlar olib borilmoqda.

Shu ma’noda, tumanimiz markazidagi Mustaqillik maydoni ham yangicha qiyofa kasb etmoqda. Ushbu maydonni zamonaviy me’moriy andazalarda qayta tashkil etish, aholi, ayniqsa, yoshlar va keksalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy hordiq chiqarish maskaniga aylantirish maqsad qilingan.
Obodonlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda
TOYLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube
комментариев