» » “JASORAT MAKTABI” O‘QUVCHILARI QASAMYOD QABUL QILDI

“JASORAT MAKTABI” O‘QUVCHILARI QASAMYOD QABUL QILDI

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan Toyloq tumanidagi 60-umumta’lim maktabida 26 nafar o‘quvchilardan iborat “Jasorat sinfi” tashkil etildi. 
     Qasamyod tadbirida Toyloq tumani hokimi o‘rinbosari J. Haqberdiyev, tuman IIB boshlig'i E.Rahmatov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z.Avazov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O‘.Usmonov va hamkor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.
     Tadbir O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlandi. “Jasorat maktabi” o‘quvchilari qasamyod qabul qilgach, tadbir ishtirokchilari o‘quvchilarga ezgu tilaklarini bildirib, bugungi kun bilan qutlashdi va o‘quvchilarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
     O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari hamda sport maktabi o‘quvchilari ko‘rgazmali chiqishlari bilan tadbirni yakunlashdi.

комментариев