Jinoyat kodeksining 270-276-moddalarini о‘z ichiga olgan XIX bob «Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar» deb nomlangan. Unga kо‘ra, taqiqlangan ekinlarni yetishtirish, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash, о‘tkazish maqsadini kо‘zlab tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlarni qilish, giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishga jalb qilish, ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish jinoiy javobgarlikka sabab bо‘ladi.Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, xalqimiz hayoti xavfsizligini ta’minlash, yurtdoshlarimiz salomatligini asrab-avaylash eng ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Bu borada zarur tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Giyohvandlik vositalarining qonunga xilof ravishda aylanishiga qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar qilinmoqda. Bu haqda tо‘xtalganda, giyohvandlikka qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza yaratilgan.
О‘zbekiston BMTning Giyohvandlik vositalari tо‘g‘risida, Psixotrop moddalar tо‘g‘risida hamda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bо‘yicha konvensiyalarini ratifikatsiya qildi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot tahlil markazining faoliyati ham giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning g‘ayriqonuniy muomalasiga qarshi ham milliy, ham xalqaro darajada kurashishni takomillashtirishga yо‘naltirilgan.
Bu tadbirlarning hammasi asr vabosi sanalgan xavfli bо‘lmish giyohvandlikdan xalqimizni asrashdir. Giyohvandlik nafaqat inson salomatligiga, qolaversa jamiyat salomatligiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. U turli jinoyatlarning poydevoridir. Giyohvandlikka qarshi kurashish har birimizning burchimiz bо‘lmog‘i shart.
Husniddin AMINOV,
Jinoyat ishlari boyisha Toyloq tumani sudining raisi

комментариев