Bu haqda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev R. Saidnazarov agrofirmasida fermerlar ishtirokida agrar sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar davomida ma’lum qildi.— Mehnat qilgan fermer, albatta, rag‘bat topadigan davrga yetib keldik. Eng ilg‘or va fidoyi fermerlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, ularga amaliy yordam ko‘rsatamiz hamda mehnatiga yarasha munosib taqdirlaymiz, — dedi tuman hokimi.Seminar davomida hududda agrar sohani izchil rivojlantirish, yer maydonlaridan samarali foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish hamda hosildorlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, agrofirmada amalga oshirilayotgan ariqlarni betonlashtirish ishlari barcha fermer xo‘jaliklarida keng targ‘ib qilinishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев