Bobur merosi beqiyos

57-maktabning 9-"A" sinf o‘quvchilari ishtirokida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘qituvchi va o‘quvchilar buyuk bobokalonimizning mashaqqatli hayoti va ijodiga to‘xtalib, "Boburnoma",  Pirimqul Qodirovning" Yulduzli tunlar",  "Avlodlar dovoni" kabi asarlarining bebaho boyligimiz ekanligi, ular hech qachon ahamiyatini yo‘qotmasligini hamda o‘tmish va kelajakni bog‘lab turuvchi mustahkam rishtaligini ta’kidlab o‘tishdi. 
Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘ularini singdirish barobarida, ajdodlarimiz merosini asrab-avaylashga, ulardan unumli foydalanishga da’vat qiladi.
D. UBAYDOVA,
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

комментариев