» » Xotin-qizlar uchun maroqli sayohat tashkil etildi

Xotin-qizlar uchun maroqli sayohat tashkil etildi

Toyloq tuman hokimligi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan bir guruh xotin-qizlar uchun sayohat tashkil etildi. Ushbu sayohat doirasida ishtirokchilar Toshkent viloyatining so‘lim maskanlaridan biri bo‘lgan Bo‘stonliq tumaniga yo‘l oldilar.
Sayohat davomida xotin-qizlar Bo‘stonliqning betakror tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqarib, musaffo tog‘ havosidan bahramand bo‘lmoqdalar. 🌄 Tabiat manzaralari, tog‘ bag‘ridagi so‘lim maskanlar hamda go‘zal manzaralar ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashmoqda.

Mazkur sayohat xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kayfiyatini ko‘tarish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Ishtirokchilar yaratilgan imkoniyatlar uchun tuman hokimligi hamda Oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ullariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirmoqdalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев