» » MARJONA SAMADOVA TALABA BO‘LDI

MARJONA SAMADOVA TALABA BO‘LDI

Samadova Marjona Bohodir qizi

U ENDI TALABA!

Uning yoshlar tashkilotiga kirib kelganiga 7 yil bo‘ldi.
Marjona haqiqiy "Ittifoq" qizi.
Faoliyatini Kamalak sardorligidan boshlagan.  Bir necha yillardan buyon Samarqand viloyati sardorlariga yetakchilik qilib kelmoqda.
 Shu kunga qadar bir qancha Respublika tanlov va tadbirlarida ishtirok etgan.
 Maktabda o‘qishi bilan birgalikda sardorlik faoliyatida ham tinib-tinchimas. Marjona rus va ingliz tillarini mukammal o‘rgangan.
- Mendan ko‘pincha tengqurlarim tashkilot senga nima beradi deb so‘rardi. Bu tashkilotdan men juda ko‘p narsa o‘rgandim. Bu o‘rganganlarim sabab bugun men viloyatning eng oldi yoshlardan biriman. Bugun esa mana yana bir amaliy natija bilan ularning bu savoliga baralla javob bera olaman. Men talabaman! - deydi uning o‘zi.
 Marjona Vazirlar Mahkamasining 914-sonli qarori asosida Oliy ta‘lim muassasasiga imtiyozli Grant asosida o‘qishga qabul qilinadi. 


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi Marjonaning kelgusi ishlariga omad tilab qoladi. Talabalik muborak bo‘lsin!

комментариев