"Ustoz va murabbiylar kuni"ga atab joriy yilning 2-oktabr kuni Paxtachi tumanida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha 2008-2014-yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida Samarqand viloyat ochiq birinchiligi o‘tkazildi.Quvonarlisi shundaki, tumandoshimiz badiiy gimnastika murabbiysi Mo‘minqulova Shahnoza va uning yosh shogirdlari musobaqada peshqadamlik qilishdi.
Jumladan, 32-maktab o‘quvchisi Mirzayeva Sabrina jihozsiz chiqishda 2013-yillar o‘rtasida, 22-maktab o‘quvchisi Amriyeva Gulchehra jihozli chiqishda 2013-yillar o‘rtasida, 15-maktab o‘quvchisi Abdumalikova Kumush jihozsiz chiqishda 2011-yillar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni egallashdi.
Hozirda 45-umumta‘lim maktabi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hamda Toyloq tuman BO‘SM sport murabbiysi sifatida faoliyat yuritayotgan murabbiy Mo‘minqulova Shahnozaning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Madad Burxon
Mustaqil Jurnalist.

комментариев