» » Toyloqda "20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida seminar tashkil etildi.

Toyloqda "20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida seminar tashkil etildi.


  Unda Ipoteka banki Samarqand viloyati boshqaruvchisi F. Nasrullayev, viloyat davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i A.Xatamov, tuman prokurori A. Saypiddinov, mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
     Tadbir avvalida Toyloq tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid Xo‘jamurodov dastur doirasida tumanda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar haqida taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, dasturni amalga oshirishda hokim yordamchilarining vazifalari hamda tadbirkorlarga beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.
    Shundan so‘ng seminar ishtirokchilari Toyloqning ko‘zga ko‘ringan sanoat korxonasi bo‘lgan “Baxmal to‘qima” MCHJga qarashli baxmal ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari hamda avtomobillarga disk ishlab chiqarish zavodlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

комментариев