
"14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tuman MMTBga qarashli 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 02855-sonli harbiy qism komandiri Firdavs Umarovning tashabbusi bilan "Milliy armiyamiz — davlat tayanchi!" shiori ostida kat

ta tadbir bo‘lib o‘tdi.Maktab jamosi, o‘quvchilar, mahalla faollari hamda 16-DMMT tarbiyalanuvchilari ishtirok etgan tadbirda harbiylar tomonidan turli xil chiqishlar va harbiy qurollar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Eng e’tirof etilarli jihati, F. Umarov o‘zi tahsil olgan maktabga 2 ta televizor, 200 dona badiiy kitob, shuningdek, ustozlari va ota-onasiga sovg‘alar ulashdi.
Bunday tadbirlar yoshlar ongiga Vatanparvarlik, sadoqat, yurtga mehr-muhabbat tuyg‘ularini singdirish barobarida ularni mard o‘g‘lonlar bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim rol o‘ynaydi.
B. SOLIYEV,
direktor o‘rinbosari.
комментариев