“Men ham harbiy bo‘laman”

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyasini yanada oshirish maqsadida joylarda bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toyloq tumanidagi 35-maktabda 1-“D” sinf o‘quvchilari ishtirokida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlar harbiylar haqida she‘r va qo‘shiqlar aytishdi hamda “Men ham harbiy bo‘laman” deb nomlangan rasmlar tanlovi tashkil etildi. Faol ishtirokchilar ‘’Faxriy yorliq’’ bilan taqdirlandi.
Narzitosh TURONOVA,
maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

комментариев