» » “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi

🔹 Bugun, 8-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan yuqori malakali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodist-tarbiyachi va tarbiyachilarini aniqlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2024” tanlovining Samarqand viloyat bosqichiga start berildi.

🔹Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 83 nafar metodist-tarbiyachi va tarbiyachilar ishtirok etishmoqda.
🔹12-iyul kuniga qadar davom etadigan tanlov jarayonida ishtirokchilar 3 ta shart asosida o‘zaro bellashadilar. 

🔹Bugun ishtirokchilar dastlabki shart – test sinovlarini topshiryaptilar. Natijalarga ko‘ra, 26 va undan yuqori bal to‘plagan ishtirokchilar keyingi bosqichga ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

комментариев