Bugun Toyloq tumanidagi Shopo‘lot mahallasida Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari To‘lqin Abdullayevning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda fuqarolarning kadastr sohasiga oid murojaatlari tinglanib, ularga qonuniy yechim izlandi. Sayyor qabulda 40 nafarga yaqin fuqarolar o‘zlarining kadastr sohasiga oid muammoli masalalari yuzasidan murojaat qilishdi, 15 ga yaqiniga huquqiy tushuntirish berildi. Shu bilan birga, qo‘shimcha o‘rganish hamda hujjatlar talab etiladigan 26 ta murojaatlar bo‘yicha sohadagi mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

комментариев