Tarix, bugun va kelajak mujassamlashgan mazkur tadbirda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati haqida so‘z yuritildi.
Yoshi ulug‘ otaxonlar hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.Tadbirning asosiy qismidan so‘ng nuroniylar dasturxon atrofida suhbatlarini davom ettirishdi.

комментариев