BIRLIKDA RAVON YO‘LLAR

🔴 Ayni_damda

Toyloq tumanida mahallalarni obodonlashtirish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi rejali ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
    Jumladan, turli loyihalar asosida ichki yo‘llar ravon holga keltirilib, birma-bir taʼmirlanyapti.

✅Xususan, tashabbusli byudjet loyihasi doirasida ham bir qator mahallalarning ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizildi.
📍Birlik mahallasining ahil aholisi ham ushbu ochiq byudjet loyihasida g‘olib bo‘lishganligi tufayli, ayni damda mahalla ichki yo‘lining qariyb 2,5 kilometrdan ortiq masofasiga asfalt yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur loyiha qiymati esa, 1 milliard 221 million so‘mdan ortiqroq deb baholangan.

комментариев