
✔️Toyloq tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda fikr, takliflarini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda tadbirkorlar uchun qabullar o‘tkazib kelinmoqda.👉🏽Bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan qabulda tuman hokimi B.Babonazarov, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Savdo-sanoat palatasining masʼullari va tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, 20 ga yaqin tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rganishdi.
👉🏽Shuningdek, ushbu qabulga mahallalardagi hokim yordamchilari hamrohligida ham tadbirkorlar tashrif buyurib, o‘z faoliyatiga oid masala va takliflarni o‘rtaga tashladi.

👉🏽Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.
комментариев