Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarovning "9 may – Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tuman ahliga bayram tabrigi
Aziz tumandoshlar! Qadrli faxriylar! Insoniyat boshiga behisob kulfatlar mash’um Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga 80 yil to‘ldi. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra o‘sha olovli yillarda mamlakatimizdan 1 million 951 ming kishi urushga safarbar etilgan bo‘lib, ulardan 538 ming nafari halok bo‘lgan.