
Qadrli faxriylar!
Insoniyat boshiga behisob kulfatlar mash’um Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga 80 yil to‘ldi. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra o‘sha olovli yillarda mamlakatimizdan 1 million 951 ming kishi urushga safarbar etilgan bo‘lib, ulardan 538 ming nafari halok bo‘lgan. Mana shu raqamlarning o‘zi, ya’ni, yarim milliondan ko‘proq mard va jasur o‘g‘lonlarimizga ona yurtga qaytish nasib etmagailigi ulkan fojia emasmi?! Urush qurbonlari orasida minglab tumandoshlarimiz ham borki, ularning xotirasi qalblarimizdan aslo o‘chmaydi. Janglardan sog‘-omon yoki jarohat bilan qaytgan yurtdoshlarimiz mehnat frontida ham shijoat namunalarini ko‘rsatib, yoshlarga har jihatdan ibrat namunalarini ko‘rsatdilar. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bugungi kunda O‘zbekistonda 82 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar istiqomat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningjoriy yil 19 fevraldagi «Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida ular munosib rag‘batlantirildi. Jumladan, ularga Prezidentimiz farmoni bilan tahsis etilgan “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali hamda pul mukofotlari topshirildi. ta’sis etilgandi. Bu yurtimizda Vatan va xalq baxti uchun kurashganlar qadrlaninishinig yorqin timsolidir. Muhtaram toyloqliklar!
Barchangizni, xususan piru badavlat, duogo‘y faxriylarimizni yana bir bor qutlug‘ ayyom "9 may - Xotira va qadrlash kuni" bayrami bilan samimiy tabriklayman.Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman. Hayotimizga duolaringiz bilan fayz kiritib, el-yurt ardog‘ida bo‘lib yurish hamisha sizga nasibi ro‘z aylasin.
комментариев