Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida hududlarni obodonlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Ushbu ezgu tashabbus doirasida joylarda keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilayotgani e’tiborga molik.
Ana shunday tashabbuslardan biri Toyloq tumanidagi "Shaxzodjon - Shakarbek - Yusufbek" fermer xo‘jaligi tomonidan 2 gektar maydonda ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur hududda olma, gilos va shaftoli kabi intensiv mevali daraxtlardan iborat jami 1400 tup ko‘chat yerga qadalib, kelgusida serhosil bog‘ barpo etish rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha nafaqat hududning ekologik holatini yaxshilashga, balki yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shu bilan birga, meva yetishtirish hajmini oshirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев