Tuman hokimi Behzod Raxmatullayev yoshlar tomonidan ilgari surilgan startap loyihalar bilan bevosita tanishish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish maqsadida mahallalarda bo‘ldi. Ochiq va amaliy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvlarda har bir loyiha muallifining taklifi atroflicha ko‘rib chiqildi, mavjud muammolar hamda ularni hal etish mexanizmlari muhokama qilindi.
✅Jumladan, Sariosiyo mahallasida yashovchi Z.Bahrilloyev tomonidan gidroponika usulida qulupnay yetishtirish, 30 sotix yer maydonida issiqxona qurish va 10 sotix maydonda botanik bog‘ tashkil etish loyihasi taqdim etildi. Mazkur tashabbusni amalga oshirish uchun 1 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘i zarurligi bildirildi. Loyiha nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratish, balki hududda agro-turizmni rivojlantirishga ham xizmat qilishi ta’kidlandi.
✅“Qo‘rg‘oncha” mahallasidan Sh. Husanov suv ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish bo‘yicha 200 million so‘m miqdorida kredit ajratilishini so‘radi. Ushbu loyiha ichimlik suvi ishlab chiqarish orqali ichki bozorni ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan.
✅“Uzunqishloq” mahallasida yashovchi M.Mirhakimov esa sportni rivojlantirish maqsadida 130 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi. Loyiha doirasida zamonaviy sport inshootini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
✅Bog‘izog‘on mahallasida istiqomat qiluvchi I.Aliyev tomonidan 200 o‘rinli innovatsion bolalar bog‘chasi tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Mazkur loyiha asosida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yurituvchi zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasini barpo etish va buning uchun kredit mablag‘lari jalb qilish rejalashtirilgan.
✅Ukrach mahallasidan O.Nuraliyev subtropik hamda mahalliy mevali ko‘chatlar yetishtirishni yo‘lga qo‘yish orqali aholini sifatli ko‘chat bilan ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish maqsadida kredit ajratish masalasida murojaat qildi.Tuman hokimi har bir tashabbuskorning loyihasini joyiga chiqib o‘rganib, mutasaddi tashkilot rahbarlariga hujjatlarni rasmiylashtirish, moliyalashtirish manbalarini aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati va hudud rivojiga qo‘shadigan hissasiga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев