» » Navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi

Navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi

 Tuman hokimligida Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdan tashqari  oʻttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman kengashi deputatlari, siyosiy partiyalarning tuman kengashi raislari hamda kun tartibiga aloqador tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Sessiyani tuman kengashi kotibi M. Yo‘ldosheva olib bordi.
   Sessiyada kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar muhokama etildi.
1.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tqazuvchi uchastka saylov  komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish  to‘g‘risida.
2.  Yoshlarni  ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish va sarflanishini nazorat etish to‘g‘risida.
3.  Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘laridan moliyalashtiriladigan tadbirlar to‘g‘risida.
4.   Boshqa masalalar.

    Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan ta’kidlandiki, Toyloq tumanida 2021 yil 24 oktyabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jami 56 ta, 885-940 sonli saylov uchastkalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 1-sektorda 16 ta (917, 918, 919, 920, 921, 922, 926, 927, 928, 929, 930, 931, 932, 937, 939, 940), 2-sektorda 16 ta (885, 898, 899, 900, 901, 902, 903, 904, 905, 906, 907, 908, 934, 935, 936, 938), 3-sektorda 12 ta (909, 910, 911, 912, 913, 914, 915, 916, 923, 924, 925, 933), 4-sektorda 12 ta (886, 887, 888, 889, 890, 891, 892, 893, 894, 895, 896, 897) uchastkalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

    Ushbu uchastkalardan 49 tasi umumta’lim  maktablari, 1 tasi kasb-hunar kolleji, 1 tasi kasb-hunar maktabi, 1 tasi 29-sonli bolalar Musiqa va san’at maktabi, 1 tasi tuman tibbiyot birlashmasi, 2 tasi harbiy qism (9224-, 69932-sonli), 1 tasi Davlat xizmatlari markazi binolarida joylashgan.
   Tumanda jami saylovchilar 133583 nafardan iborat. Sektorlar kesimida 1-sektorda 35100 nafar, 2-sektorda 35062 nafar, 3-sektorda 29831 nafar, 4-sektorda 30046 nafar.

   Shuningdek, saylov uchastkalariga ko‘rsatilagan rais, o‘rinbosar va kotiblarning saylov bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida 3 bosqichli o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
  Sessiyada kun tartibidagi barcha masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilgach, tegishli qarorlar qabul qilindi

комментариев