» » Sud hujjati ustidan shikoyat qilish jarayonidagi ayrim byurokratik toʻsiqlar bartaraf etiladi

Sud hujjati ustidan shikoyat qilish jarayonidagi ayrim byurokratik toʻsiqlar bartaraf etiladi

Sud hujjati ustidan shikoyat qilish jarayonidagi ayrim byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida qator kodekslarga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:
? apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari hamda sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizalarga ish boʻyicha qabul qilingan sud qarorlarining tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini ilova qilish talabi chiqarilmoqda;
? apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari va sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizalarga ish boʻyicha qabul qilingan sud qarorlarining tasdiqlangan nusxalari ilova qilinmaganligi shikoyatni qaytarish asoslaridan chiqarilmoqda. Bunda sudyalar ish boʻyicha qabul qilingan sud qarorlarini sud tizimiga joriy qilingan “E-XSUD” axborot tizimi orqali olishlari mumkin.
➖ Taraflarga oʻz huquq va erkinliklariga daxldor boʻlgan sud hujjatlari bilan tanishish imkoniyatini kengaytirish hamda daʼvogarning huquqlari ustuvorligini taʼminlash maqsadida:
? sud hujjati u chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay taraflarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborilishi;
? prokuror tomonidan daʼvogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan daʼvodan daʼvogarning voz kechishi daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirishga asos boʻlishi belgilanmoqda.

F. Qarshiyev,
Samarqand viloyat sudi sudyasi.

комментариев