» » “Ma’rifatli yoshlar – millat faxri”

“Ma’rifatli yoshlar – millat faxri”

Bugun 6-umumiy o’rta ta’lim maktabida ham “Ma’rifatli yoshlar – millat faxri” mavzusida targ‘ibot oyligi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi mutaxassislari A. Usmonov, Sh. Jo‘raqulov O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga to‘laqonli tushuntirishdi.
 So‘zga chiqqanlar o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, milliy iftixor va g‘urur tuyg‘ularini rivojlantirish to'g‘risida ma’ruza qildilar.
Tadbirda viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zolari  shoir, journalist Z. Ibragimov, Y. Axmedov, A. Nisorov va ta’luqli tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.

Каналга қўшилинг:👇
👉 @qushchinor_uz

комментариев