Prokuror va yoshlar uchrashuvi

  Xalqni rozi qilish, turmush farovonligini oshirish mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsaddir. Chunonchi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ana shu ezgu maqsad-muddaoga qaratilgan. 
   Bugun 2-sektorda Nurli yo'l mahalla fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuv yoshlar manfaatlari uchun xizmat qildi.  
   Uchrashuvda asosan, moddiy yordam, bolalar nafaqasi ishga joylashtirish, uy-joy kabi masalalar yuzasidan jami 10 ta murojaat kelib tushdi. 
   Ushbu murojaatlarning  3 tasi ijobiy hal etildi, vaqt talab etiladigan 2 ta murojaat ijroga qaratilgan bo‘lsa, 5 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

комментариев