» » SAMBOCHILARIMIZDAN YUQORI NATIJALAR

SAMBOCHILARIMIZDAN YUQORI NATIJALAR

  4-5-fevral kunlari Samarqand shahrida sportning Sambo turi  bo'yicha kattalar va 2005-2007 hamda 2008-2009-yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida Samarqand viloyati chempionati bo'lib o'tdi. Musobaqada 300 ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Ushbu chempionatda Toyloq Olimpiya zaxiralari kolleji sambochilari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo'lga kiritdi. Jumladan, Nuriddinov Ozodbek, Qobilov Anvar, Xoliqov Azimjon, Odilov Doston, Ahmedov Manguberdi 1-o'rinni, Tursunqulov Diyorbek, Xamdamov Bobomurod, Xayriyev Umarbek 2-o'rinni, Mo'minov Asqar,  Ashurov Oyatullo, hamda Nazarov Ozodbek 3-o'rinni egalladilar.
                 M. RAHMONOV.

комментариев