Toyloq tuman 4-sektor hududiga qarashli 9-maktab va 58-maktab oʻquvchilari oʻrtasida ʼʼZAKOVATʼʼ intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. Bu oʻyin 58-maktabga tashkil qilinib ikkala maktabdan ikkitadan jamoa: "Zukkolar", "Bilimdon", "Samarqand" hamda "Kelajak avlod " jamoalari qatnashishdi.
Oʻyin davomida savollarga aniqlik bilan yondashish, teran fikrlash, zukkolikni talab qilibgina qolmay judayam qizgʻin va muzokaralarga boy boʻldi. Zakovat oʻyinining bu galgi gʻolibi 58-maktab ʼʼZukkolarʼʼ jamoasiga nasib etdi.
M.Nosirova
Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi.

комментариев