MAKTABLARDA TARG‘IBOT TADBIRLARI

Toyloq tuman IIB JXX HPB  Voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhi Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi  F. Sur'atov 39-44-umumtaʼlim maktablarida “Davomat” va “Tig‘” tadbirlarini o‘tkazib kelayapti. Bunda maktab  o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida  turli illatlarning salbiy oqibatlari batafsil tushuntirilib, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga doir profilaktik targ‘ibot olib borilmoqda. Shuningdek, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiberjinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirilmoqda.                         Bundan tashqari, joylarda nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ko‘chada nazoratsiz yurgan voyaga yetmaganlar aniqlanmoqda va qonuniy vakillarga topshirilmoqda. Shuningdek, balog‘at yoshidagi qiz bolalar o‘rtasida erta turmush va tug‘ruq oqibatlari haqida, “Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish” mavzularida suhbatlar o‘tkazilmoqda.
А. BAHRONOV.

комментариев