"Uch avlod uchrashuvi"

23-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Uch avlod uchrashuvi" ma'rifiy-manaviy tadbir bo'lib o'tdi.
 Unda "Birlik" MFY raisi Karimov Abrorqul Toshqulovich va mehnat faxriylari ishtirok etdilar. Ular bugungi yosh avlodga o'zlarining ish faoliyati hamda hayotdagi tajribalari haqida so'zlab berdilar. Shuningdek, ular "Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqshdir" deb yoshlarni ko'proq bilim olishga hamda milliy urf odatlarimizni e'zozlab, avaylash borasida qimmatli nasihatlar berishdilar.
                                        Muqumova Zarina

комментариев