Ona tili – millat koʻzgusi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat tili maqomi berilganiga 33 yil toʻlganligi munosabat bilan barcha joylarda bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
Shu jumladan, tumanimizdagi XTBga qarashli 7-umumta'lim maktabida ham "Ona tilim jonu dilim" deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Roʻziboyev Joʻrabek ochib berdi.
Shundang soʻng oʻquvchilar til haqidagi sahna koʻrinishlari va ona tili toʻgʻrisida she'r, kuy qoʻshiqlar ijro etishdi. Tadbirda yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Zuhrabegim Eshonqulova hamda Bibifotima Nizomovalar ishtirok etib oʻzbek tili tarixi, oʻzbek tilining mavqei haqida gapirdi va oʻzbek tili haqida oʻz sheʼrlaridan namunalar oʻqib berishdi.
Tadbirda oʻquvchilar oʻzni qiztirgan savollariga javob olishdi.  Soʻngra faol qatnashgan oʻquvchilarga faxriy yorliq va estalik sovgʻalari topshirildi.

Qilichiva Gulmira,
7-maktab ona tili va adabiyot oʻqituvchisi.

комментариев