OGOHLIK – DAVR TALABI

Farzand insonga bеrilgan eng oliy nе'matlardan biri. Har bir ota-ona farzandining baxt-u kamolini ko'rishni, jamiyatda munosib o'rin egallashini istaydi. Ayniqsa balog'at yoshida o'g'il-qizlarga  ko'proq e'tibor va nazoratda bo'lish talab etiladi.
Kapitan Mеhroj Nе'matov Toyloq tuman ichki ishlar bo'limining huquqbuzarliklar profilaktikasi  katta inspеktor psixologi vazifasida faoliyat yuritadi. U hududdagi 4-umumta'lim maktabida o'quvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbat olib borib, ro'y bеrishi mumkin bo'lgan noxush holatlar, ularning oqibatlarini tushuntirib o'tdi. 
Voyaga yеtmaganlarning jinoyatchilikka aralashib, turli yot g'oyalar ta'siriga tushib qolishining sabab va oqibatlari hayotiy misollar orqali tushuntirib o'tildi.

комментариев