» » TOYLOQLIK O‘QUVCHI AQSHNING 2 TA UNIVЕRSITЕTIDAN 188 000 DOLLAR GRANT YUTDI

TOYLOQLIK O‘QUVCHI AQSHNING 2 TA UNIVЕRSITЕTIDAN 188 000 DOLLAR GRANT YUTDI

​​​​​​​​ Toyloq tumanidagi  1- umumta’lim maktabining 11- sinf o‘quvchisi Olimjon Botirov muddatidan oldin  2 ta xalqaro universitetga talabalar safiga qabul qilindi va umumiy hisobda 188.000 $ ta’lim grantini qo‘lga kiritdi. AQSHning Elmhust universiteti  Olimjonga  100 000 $ -  yuz foizlik grant taqdim etgan bo‘lsa, Arizona universiteti  - 88.000 $,  miqdoridagi grant yutganligini ma’lum qildi. Olimjon yoshligidan IT sohasiga  qiziqadi. U kelajakda chet elda  sohani puxta egallab, O‘zbekistonda IT va kompyuter texnologiyalari sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchi. Olimjon yutuqlarga qadamni 10-sinfidayoq qo‘ygan. U ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha IELTS imtihonidan 7,5 ball olib, bugungi kunda o‘z bilimlarini mahalladoshlariga o‘rgatmoqda. Ayni kunda Olimjondan ingliz tilini o‘rganayotgan shogirdlari  soni 200 nafarga yetgan.                

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati    

комментариев