» » Tibbiyot sohasi faxriylaridan xabar olindi

Tibbiyot sohasi faxriylaridan xabar olindi


Bayram munosabati bilan Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev hamda tuman Nuroniy jamg'armasi raisi M.To'rayev sog'liqni saqlash tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda faxriylar safida bo'lgan bir guruh tibbiyot xodimlarining holidan xabar oldi.


Uchrashuvlar davomida soha faxriylari bilan samimiy suhbat qurilib, ularning ko'p yillik mehnat faoliyati, tibbiyot rivojiga qo'shgan hissasi va boy hayotiy tajribasi alohida e'tirof etildi.

Tuman hokimi faxriylarga ko'rsatgan fidoyiliklari, xalq salomatligi yo'lida qilgan xizmatlari uchun minnatdorlik bildirib, ularga mustahkam sog'liq, uzoq umr, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tiladi.
 


✅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев