Tadbirda sohada uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar, fidoyi shifokorlar, hamshiralar hamda jamoatchilik vakillari jam bo'ldi.
Bayram tadbirida tuman hokimi Behzod Raxmatullayevning soha vakillariga yo'llagan tabrigi o'qib eshittirildi. Unda inson salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish yo'lida tun-u kun mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarining sharafli va mas'uliyatli faoliyati alohida e'tirof etildi.
Shuningdek, o'z kasbiga sadoqat bilan yondashib, sog'liqni saqlash tizimi rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan bir guruh soha fidoyilariga tuman hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg'alari topshirildi .

✅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

комментариев