» » “Otalar choyxonasi” ko’rsatuvining navbatdagi soni Toyloq tumanida tasvirga olindi

“Otalar choyxonasi” ko’rsatuvining navbatdagi soni Toyloq tumanida tasvirga olindi


“Mahalla” telekanali orqali efirga uzatilib kelinayotgan “Otalar choyxonasi” ko‘rsatuvining suratga olish jarayonlariga tumanning nuroniylari, mehnat faxriylari taklif etildi. Bir piyola choy ustida kechgan suhbatlarda jamiyatimiz, xususan tumanimizning kechasi va buguni haqida so‘z yuritildi. Suhbatlar davomidagi nasr, nazm va navo “bazm”lari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
   Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlodni ko‘p asrlik an’analarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashda nuroniy otaxon-onaxonlarning o‘rni, nuroniylarga berilayotgan e’tibor haqida to‘xtaldilar.
    Tadbiri davomida yurt rivoji, mahalla tinchligi va yosh avlodning munosib tarbiyasiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan nuroniylarga  tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

комментариев