» » Toyloq tumanida "Tazarru" spektakli namoyish etildi

Toyloq tumanida "Tazarru" spektakli namoyish etildi

Bugun tumandagi Shopo‘lot 1-son madaniyat markazida jurnalist, taniqli ijodkor, O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi a’zosi Farmon Toshevning «Tazarru» asari asosida rejissiyor Gʻofur Mardonov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl taqdim qilindi.
     Spektaklni tumandagi tashkilot rahbarlari, umumta’lim maktablarining direktorlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari va faxriylar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.
        Tuman hokimligi tomonidan Samarqand viloyat musiqali drama teatri ma’muriyatiga va butun ijodiy jamoaga minnatdorchilik bildirilib, ushbu spektaklni barcha mahallalarda keng ommaga namoyish etish bo'yicha kelishib olindi.

комментариев