» » Toyloqlik ibratli oila ko‘rik-tanlovda g‘olib bo‘ldi

Toyloqlik ibratli oila ko‘rik-tanlovda g‘olib bo‘ldi

Kuni kecha Samarqand shahrida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni ulug‘lash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlov ishtirokchilari etganlar belgilangan shartlar asosida bellashishdi.
     Quvonarlisi, mazkur bellashuvda ishtirok etgan toyloqlik R. Karimova hamda M. Salomovalar “Oilada va mahallada to‘y-marosimlarni ixcham va kamxarj o‘tkazishdagi tashabbuskorligi” nominasiyasi g‘olibi bo‘ldi.

комментариев