» » MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRI 21 NAFAR SAMARQANDLIK O‘QITUVCHILARNI TAQDIRLADI

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRI 21 NAFAR SAMARQANDLIK O‘QITUVCHILARNI TAQDIRLADI

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bugun Samarqand shahridagi 71-umumta’lim maktabida bo‘ldi.

❗️ Vazir ta’lim maskanida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tashkil etilgan pazandachilik to‘garagi a’zolari bilan uchrashdi.

Ushbu to‘garak maktabda joriy yilning fevral oyida tashkil topgan bo‘lib, o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlari pazandachilik va qandolatchilik sirlarini o‘rganmoqda. 


❕Hozirda to‘garak a’zolarining soni 45 nafardan yetgan. 

Tashrif davomida vazir bir guruh samarqandlik faol ustozlar bilan uchrashdi. 

📍Uchrashuvda keyingi yillarda  ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar haqida gapirar  ekan, o‘qituvchilarni mavqeini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.

Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida tumanimizdagi 21-maktabning rus tili fani o‘qituvchisi Gulnoz Azimova ham bor.

комментариев