
Мaktablarda o‘quv yili tugab, yozgi ta‘til boshlandi. Yozning jazirama kunlarida bolajonlar cho‘milish joylariga borishni xush ko‘rishadi. Bunday paytda ularning ruxsat etilmagan joylarda cho‘milishi suvda cho‘kish kabi baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida, tuman FVB tomonidan keng targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tuman IIB va suv xo‘jaligi bo‘limi bilan hamkorlikda taqiqlangan joylarda cho‘milish bo'yicha reydlar o‘tkazilmoqda. Cho‘kish holatlarining oldini olishda keng jamoatchilikning o‘rni ham muhim. So‘nggi yillarda yurtimizning turli hududlarida yosh bolalarning suvda cho‘kishi holatlari tez tez uchramoqda Shu sababli, keng jamoatchilikdan belgilanmagan suv havzalarida, jumladan Zarafshon daryosining tumanimizdan oqib o‘tuvchi qismida cho‘milish xavfli ekanligi uchun yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmasliklarini so‘raymiz.
Sh. Xudoyqulov,
tuman FVB FVDT va FM boshlig‘i boshlig‘i.
комментариев