» » HUSHYORLIKNI QOʻLDAN BERMAYLIK!

HUSHYORLIKNI QOʻLDAN BERMAYLIK!

 Tuman FVB fuqarolarni joriy yil 1-martdan 1-aprelga qadar oʻtkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi” oyligida faol ishtirok etishga chaqiradi  
Tuman hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining, tuman hududida  sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha 2023-yil 28-fevraldagi “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi” oyligini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi 01-03/02-sonli buyrugʻiga asosan, tuman miqyosida favqulodda vaziyatlar profilaktikasini tashkil etish hamda 2023-yil 1-martdan 1-aprelga qadar oʻtkazilayotgan “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi” oyligini yuqori saviyada tashkil etish  boʻyicha chora tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Shu bilan birga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibiga kiruvchi tashkilot va idora rahbarlariga bir qator vazifalar yuklatildi. Jumladan, ularga tumanning muhandislik kommunikatsiya va kommunal xizmat koʻrsatish sahalarining bir meyorda faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, aholi xonadonlariga, shu jumladan koʻp kvartirali uy-joylardagi elektr, gaz, suv va issiqlik taminoti vositalari, isitish qozonlari, dudburonlar va ventilyatsiya tizimlari holatini texnik koʻrikdan oʻtkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarining koʻrish vazifalari belgilandi. Shuningdek, mutasaddilarga fuqarolarning is gazidan zaharlanishining oldini olish maqsadida tuzilgan ishchi guruhlarning  xonadonma-xonadon yurib, aholi oʻrtasida olib borayotgan targʻibot ishlarini nazorat qilish,  ishlab chiqarish korxonalari, bozorlar, yirik savdo majmualari hamda aholi koʻp toʻplanadigan boshqa obyektlarda mavsumiy favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, aholining barcha qatlamlarini jalb etgan holda favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha targʻibot ishlari hamda amaliy oʻquv mashqlari oʻtkazish topshiriqlari berildi.                                Yogʻingarchilik  mavsumini sel va toshqinlardan betalofat oʻtkazish, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarning, gaz havo aralashmasi chaqnashi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va insonlarning turli darajada kuyishi kabi  ayanchli holatlarning oldini  olish bugunning dolzarb vazifalaridir. Yuqoridagilardan kelib chiqib,tuman FVB sizlardan “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi”  oyligida faolishtirok etishingizni soʻraydi.                                                                                                     Sh. XUDOYQULOV,
 Toyloq tuman  FVB FVDT va FM boshligʻi, kapitan.

комментариев