Bugun Bunyodkor mahallasida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Хumoyun Med-Servis” xususiy klinikasi foydalanishga topshirildi. 
Klinikaning ochilish marosimiga Tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi oʻrinbosari I. Oʻrinov, Tuman “Qoʻshchinor” gazetasi muharriri M. Yo'ldashova, mahalla faollari, nuroniylar qatnashdilar. Qishloq imomi Qurʼon tilovat qilgach M. Yo'ldashova soʻzga chiqib markazning faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.

Shundan soʻng qishloq oqsoqollari bilan birgalikda klinikaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirkor H. Najmiddinov, —bizning klinika 16 oʻringa moʻljallangan boʻlib terapiya, kardiologiya, nevrologiya, zamonaviy laboratoriya kabi boʻlimlarimiz bor, bundan tashqari aholimiz ehtiyojidan kelib chiqqan holda fizioterapiya, UZI, EKG, ExoKG, statsionar, ambulator, kunduzgi statsionar kabi bir qator tibbiy xizmatlar koʻrsatilishini yoʻlga qoʻydik.
комментариев