“INFOLIB UZBEKISTAN – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida yosh kitobxonlarning bilimini oshirish, tafakkurini kengaytirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Toyloq tuman Axborot-kutubxona markazida Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.Mazkur o‘yinda 5 ta jamoa o‘zaro bilim, mantiq va ziyraklikda bellashdi.
“Zakovat” intelektual o’yinida juda qizg’in tarzda o’tkazildi. Ishtirokchilar o’z bilim va mahoratlarini namoyish etishdi. Oyin natijalariga ko’ra,
🥇 I-o‘rin – “Aristokratlar” va “Liderlar” jamoalari🥈 II-o‘rin – “Qalqon” jamoasi
🥉 III-o‘rin – “Bilimdonlar” va “Bog‘izag‘on” jamoalari
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmat rahbari: Babayeva Bahora

комментариев