» » Toyloqda Konstitutsiya kuni tantanali nishonlandi

Toyloqda Konstitutsiya kuni tantanali nishonlandi

   Bugun Toyloq tuman hokimligida tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlangan bayram tadbirini tuman hokimi B. Bobonazarov ochib, yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi va o‘tgan davr mobaynida xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkuri, aql-zakovatining ko‘zgusi bo‘lmish Konstitutsiyamizning hayotiy negizi naqadar mustahkam ekanligiga, u xalqaro talablarga har tomonlama mos kelishini ta’kidladi.
  Tadbir davomida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shgan bir guruh faollar tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir tuman madaniyat bo‘limi xodimlarining musiqiy dasturlari bilan davom ettirildi.

комментариев