» » Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) u qanday portal?

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) u qanday portal?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrda 728-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ya’ni biz bilgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz (keying o’rinlarda - yagona portal) yangi taxrirda ishga tushirildi. Yagona portal axborot, uslubiy, texnik kuzatuvi va ma’murchiligi “O‘zinfokom” tomonidan amalga oshiriladigan “Elektron hukumat” tizimi bazasida faoliyat ko‘rsatadi.
Nega aynan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal deb nom qo’yilgan?
Ariza beruvchi shaxs va elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organi o‘rtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yo‘li bilan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmati - interaktiv davlat xizmati hisoblanadi.
Yuqoridagi tasdiqlangan nizomga asosan yagona portal - davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. 
Yagona portalning asosiy tili davlat tili hisoblanadi, shuningdek qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa tillardagi versiyalari ham mavjud.Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari shaklida ko‘rsatiladi.
Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida taqdim etiladigan axborot dolzarb, ishonchli bo‘lishi va ruxsatsiz foydalana olish, chiqib ketishi, yo‘q qilinishi, buzib ko‘rsatilishi, blokirovka qilinishdan himoyalangan.
Elektron davlat xizmatlari pullik yoki bepul ko‘rsatiladi.
Ariza beruvchilarning haqiqiyligini ta’minlash darajasi bo‘yicha elektron davlat xizmatlari quyidagilarga bo‘linadi:
past — shaxsiy ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilmaydigan xizmatlar;
o‘rta — haqiqiy shaxsiy ma’lumotlar taqdim etilishini talab qiladigan xizmatlar;
yuqori — ularni ko‘rsatish uchun so‘rovlar elektron raqamli imzodan foydalanib yuboriladigan xizmatlar.
Davlat organlari elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ariza beruvchilarning haqiqiylik darajasini Vazirlik bilan kelishgan holda belgilaydi.
Elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibi va unga qo‘yiladigan talablar davlat xizmatini ko’rsatish uchun tasdiqlangan Reglamentlarda belgilanadi.
elektron davlat xizmati bir nechta davlat organlari ishtirokida ko‘rsatilgan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
elektron davlat xizmati bitta davlat organi tomonidan ko‘rsatilgan taqdirda — tegishli davlat organi tomonidan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Yagona portalda elektron davlat xizmatlari quyidagilar orqali taqdim etiladi:
ariza beruvchining shaxsiy kabineti;
davlat organining shaxsiy kabineti.
Yagona portaldagi shaxsiy kabinetga kirish qonunchilikda belgilangan tartibda Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Elektron davlat xizmatlari olish uchun so‘rovlar ariza beruvchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Ariza beruvchining shaxsiy kabineti elektron davlat xizmatidan foydalanish, elektron davlat xizmatini ko‘rsatish holatini kuzatib borish, shaxsiy ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash hamda elektron davlat xizmat ko‘rsatish sifatini baholash imkoniyatlarini beradi
Elektron davlat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha so‘rovlarni qabul qilish va ularga javob yuborish davlat organining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirilad
Davlat organining kabinetidan foydalanish huquqi vakolatli mansabdor shaxsga mazkur davlat organi rahbarining rasmiy so‘rovi asosida Vazirlik tomonidan taqdim etiladi.
Davlat organining rasmiy so‘rovida Yagona identifikatsiyalash tizimi ro‘yxatidan o‘tgan elektron davlat xizmati ko‘rsatish uchun davlat organi vakolatli mansabdor shaxslari haqida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
a) vakolatli mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
b) egallab turgan lavozimi;
v) foydalanuvchiga Yagona identifikatsiyalash tizimida identifikatsiyalash uchun berilgan ma’lumotlar.
Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishda, uni ko‘rsatish natijasi ushbu Nizom bilan tasdiqlangan ilovadagi ko’rinishdagi Hujjatning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR-kod joylashtirilgan shakl bo‘yicha shakllantiriladi va taqdim etiladi.
Yagona portalda hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali shakllantirilgan elektron hujjatlar shaklidagi elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish natijalari davlat organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatishda qog‘oz manbada beriladigan hujjatlarga tenglashtiriladi.
Davlat organlari Yagona portalda hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali shakllantirilgan elektron hujjatni Elektron hujjatlar repozitoriysining rasmiy veb-sayti orqali noyob identifikatsiya raqamini kiritish yoki elektron hujjatda joylashgan QR–kodni skaner qilish yo‘li bilan ariza beruvchilardan olingan elektron hujjatlarning qog‘ozli manbadagi nusxalarining haqiqiyligini tekshirish va ular bo‘yicha ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Elektron hujjatlardagi ma’lumotlar qonuniy hisoblanadi. Davlat organlariga Yagona portalda hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali shakllantirilgan elektron hujjatlarning nusxalarini qabul qilishni rad etishlari qat’iyan taqiqlanadi.

J. Maxsudov
Toyloq tumani adliya bo’limi 
Davlat xizmatlari markazi 
yetakchi mutaxassisi.             
       

комментариев