
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov, viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ruziyev, tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyev, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘linmasi raisi M.To‘rayev, sportchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan sportchilarni ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, viloyat va tuman hokimligining tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alari sportchi va ularning ota-onalariga topshirildi.
Musobaqada Shahriyor Hamdamov, Farrux Astanovlar 1-o‘rinni, Anvar Karimov, Isrofil Saidmurodov va Islomjon Axatovlar 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan edi.
комментариев