» » Hayot suvga bog‘liq, suvni tejash esa o‘zimizga bog‘liq

Hayot suvga bog‘liq, suvni tejash esa o‘zimizga bog‘liq

  Bugun Toyloq tumani hokimi Bahodir Bobonazarov 1-sektor hududidagi agrofirma raislari va fermer xo'jaliklari raislari bilan uchrashdi.  Tuman rahbari suvdan foydalanishda eskicha yondashuvlardan butunlay voz kechish, bu ne’matning qadr-qimmatini ongimizga chuqur singdirishimiz, suvning har bir tomchisini asrashimiz bosh maqsadimiz bo‘lishi shart va zarurligi, yurtboshimiz aytgandek,  “Suv tekin emas! ” degan g‘oyani ilgari surib, suvni tejash bo‘yicha harakat va choralarni har birimiz avvalo o‘z turmush tarzimiz misolida boshlashimiz darkorligini ta'kidlab o'tdi.
      Tuman hokimi har bir fermerga  suvni tejashda avvalambor, o'z hududidagi ariq va zovurlarni kovlashi va uni betonlashtirib, lotok qilish ishlarini bajarishi bo'yicha topshiriqlar berdi.
      Kunlik bajariladigan ishlar bo'yicha mas'ullarni biriktirib, nazorat olib borishni ta'kidladi.

комментариев