» » Toyloq tumanida mahalla "yettiligi" faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Toyloq tumanida mahalla "yettiligi" faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Bugun Toyloq tumani 2-son kasb-hunar maktabi majlislar zalida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi boshqarma boshlig‘i Navro‘z Musayev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nosir Mavlonov, tuman hokimlikligi mutasaddilari, mahalla yettiligi ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha “Andijon tajribasi” xususida ma’lumot berildi.

“Mahalla balansi”ni shakllantirish, balans asosida mahallaning “Yo‘l xaritasi” va bandlik dasturini ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tushuntirildi.

“Mahalla yettiligi”ning kunlik, haftalik, oylik, choraklik ish rejalari, bir oylik ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejalari haqida ma’lumot berildi.

комментариев