» » Toyloqda seminar bo‘lib o‘tdi

Toyloqda seminar bo‘lib o‘tdi

    Toyloq tumanida ham qishloq xo‘jalik ekinlarida bahorgi agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish masalasiga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. 
      Seminarni o‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Xudoyberdiev, viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Urazov hamda Ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Q. Bobobekovlar olib borishdi.
Seminarda o‘simliklar karantini va himoyasining tuman bo‘limlari inspektorlari agroklaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari ma’sullari ishtirok etishdi. Seminardan ko'zlangan maqsad 2024-yilda g‘alla hosili uchun ekilgan g‘alla ekinlarini zang kasalliklari, begona o‘tlar hamda zararkunandalardan maksimal darajada himoyalash, himoyalash tizimida esa uyg‘unlashgan kurash chora-tadbirlarini qo‘llash kabi agrotexnik tadbirlarga qaratildi.

комментариев