» » BO'SH ISH O'RINLARI YARMARKASI O'TKAZILDI

BO'SH ISH O'RINLARI YARMARKASI O'TKAZILDI

📍Toyloq tumani "Tepaqishloq" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" me'zonlari asosida ishlar qizg'in olib borilmoqda. Xususan,  bugun Tepaqishloq mahallasidagi 39-umumiyo’rta ta’lim maktabi binosida ishsizlarni ish bilan ta’minlash maqsadiga  “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.
      Ushbu bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkasida korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan jami 275 ta  bo‘sh ish o‘rini bilan qatnashildi.
      Yarmarkada ishtirok etgan fuqarolardan 20 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilib, shundan: 8 nafari ayollar 12 nafari yoshlarni tashkil etadi. Bundan tashqari, 10 nafariga shaxsiy tomorqasida o’zini o’zi band qilishga ko’maklashildi. Yarmarkada mehnat organlarining malakali mutaxassislari tomonidan  5 nafar fuqarolarga talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Qonun doirasida keng qamrovli tushuntirish va maslahatlar berildi.

комментариев