«ASSALOM, BAHOR!»

10-umumta’lim maktabida  6-A sinf o‘quvchilari tomonidan yuqoridagi nom bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda bahor va  Navro‘z haqidagi she’rlar o‘quvchilar tomonidan aytildi. Navro‘zi olam haqida qiziqarli ma’lumotlar aytildi. Milliy urf-odatlarimizdan «Kim oladi yo..” o‘quvchi o‘g‘il bolalar tomonidan ko‘rsatib berildi. Milliy raqslarimizdan «Andijon polkasi» o‘g‘il bolalar tomonidan ajoyib tarzda namoyish etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud kuni munosabati bilan shoira Zulfiya va shoir Hamid Olimjon timsoli o‘quvchilar tomonidan yaratildi. Tadbir so‘nggida o‘quvchi qizlarning "Bahor" raqsi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Z. SALIMOVA,
sinf rahbari.

комментариев